UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent shahrida koʻp qavatli uylar atrofida oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar bartaraf etilmoqda

Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan  Yashnobod tumanida joylashgan koʻp kvartirali uylarning texnik holati oʻrganilganda mulkdorlar tomonidan koʻp qavatli uylar atrofi oʻzboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilmalar barpo etilganliklari aniqlandi.

Inspeksiya xodimlari tomonidan joyida mulkdorlarga muammoni bartaraf etish boʻyicha yozma koʻrsatmalar berildi. Mazkur koʻrsatmalar asosida hozirda qurilmalar mulkdorlarning oʻz ixtiyori bilan bartaraf etilmoqda.