Toshkent shahrida yana bir sifatsiz qurilish to‘xtatildi
Bektemir tumanida qurilayotgan maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi monitoring natijasida to‘xtatildi. Tekshiruv davomida obyekt qurilishida sifatsiz temir-beton plitalar olib kelingani va foydalanilgani aniqlandi.
Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan qurilish mas’ullariga elektron yozma ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, sifatsiz temir-beton plitalar buzdirilib, ishlab chiqaruvchi korxonaga qaytarildi.
Sifatsiz qurilish materiallarini ishlab chiqargan korxonaga nisbatan tegishli taqdimnomalar kiritildi, obyektning qurilish-montaj ishlari esa vaqtinchalik to‘xtatildi.