UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent viloyati Bekobod tumani Zafar shaharchasida jadal sur'atlarda ta'mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda

Xabar berib kelayotganimizdek, Toshkent viloyati Bekobod tumani Zafar shaharchasida jadal sur'atlarda ta'mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda. 

Hududlarda aholi muammolarini o'rganish, ularga qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Bekobod tumani Zafar shaharchasidagi tub o'zgarishlarni amalga oshirishda ham ayni maqsad ko'zda tutilmoqda.  

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi bundan bir necha kun avval mazkur hududdagi muammolarni o'rganib, uni bartaraf etish bo'yicha amaliy ishlarni boshlab yuborgan edi. 

Hozirda ko'p qavatli uylarni mukammal va joriy ta'mirlash, atrof-hududlarni obodonlashtirish, mavjud noqonuniy qurilmalar va tartibsizlikka baham berish choralari ko'rilmoqda. Shuningdek, aholining issiqlik, suv ta'minoti bilan bog'liq muammolariga yechim berilmoqda.

Bugun vazir o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva mazkur jarayonlar bilan yaqindan tanishdi. Ish sifati va samaradorligini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.  Mazkur yo'nalishda tegishli mas'ullarga qator topshiriqlar berildi. 

- Kuz-qish mavsumi tobora yaqinlashib kelmoqda. Asosiy vazifamiz, ko'p qavatli uylarning texnik holatini yaxshilagan holda xalqimizga munosib sharoit yaratish. Buning uchun bor imkoniyatimizni ishga solishimiz lozim, - dedi Ozoda Jo'rayeva. 

Vazir o'rinbosari jarayonda aholi bilan ham suhbatda bo'ldi. Ularning fikr mulohazalari, takliflari alohida e'tiborga olinishi qayd etildi.