Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Istiqlol MFY hududida qurilgan 32-uy-joy obyekti (MUNOSABAT)
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Istiqlol MFY hududida qurilgan 32-uy-joy obyekti yuzasidan quyidagilar aniqlandi:
Boʻstonliq tumani, “Istiqlol” MFY da 1 ta 5 qavatdan iborat 20 xonadonli uy-joy qurilish ishlari "Qishloq qurilish Invest" IK Toshkent viloyati filiali tomonidan olib borilgan.
Pudratchi tashkilot “Toshpulat Stroy Invest” MCHJ, loyihachi “ Qishloqqurilishloyiha” DUK hisoblanadi.
Qurilish obyekti 2021-yil, 17-noyabrda Toshkent viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtgan.
Qurilish ishlari yakunlangandan soʻng 2022-yil 16-dekabrda obyektni foydalanishga topshirish boʻyicha davlat Hayʼat kommisiyasining xulosasi rasmiylashtirilgan. Uy-joy egalarining olib borgan qurilish ishlariga eʼtirozi boʻlmagan. Bugungi kunda obyektda kamchiliklar mavjud emas.
2023-yil 25-sentabr kuni 32-uy 18-xonadonda yashovchi fuqaro tomonidan yuborilgan videolavhani uy boshi bilan joyiga chiqib oʻrganilganda kamchiliklar yoʻqligi maʼlum boʻldi.