Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan press-tur
Ayni damda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida issiqlik ta’minotini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga ko’rilgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan OAV vakillari ishtirokida Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan press-tur start oldi.
Hozirda ishtirokchilar hududdagi “Yubileynaya” qozonxonasi bilan tanishmoqdalar.
Loyihaga koʻra qozonxona orqali 176 ta koʻp qavatli uylar (10 238 ta xonodonlar), 4 ta maktab, 2 ta bogʻcha va 1 ta sogʻlikni saqlash muassasalarini uy va xonadonlar ichki isitish tizimini tiklagan holda 2024-yil yakuniga qadar issiqlik energiyasi bilan taʼminlash koʻzda tutilgan.
“Yubileynaya” qozonxonasiga jami 75 MVt quvvatdagi 3 ta qozon va yordamchi uskunalari bilan oʻrnatish, 186 ta individual issiqlik punktlarini o’rnatish, 17,4 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlaridan 16,1 km uzunlikdagi qism hamda 170 ta uyning yertoʻlasidagi IIPlargacha tortish ishlari 100 foiz yakunlangan.
Qolgan 1,3 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarini yotqizish va 6 ta koʻp qavatli uylarni ichki isitish tizimini tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda “Yubileynaya” qozonxonasi hududidagi 9 610 ta xonadondan iborat 170 ta koʻp qavatli uy va 6 ta ijtimoiy soha obyektlari issiqlik tarmoqlariga toʻliq ulanib, uy va xonadonlar ichki isitish tizimini tiklagan holda yetarli haroratda sifatli hamda uzluksiz issiqlik energiyasini qabul qilmoqda.