UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan press-tur

Soha raqamlarda:

Respublikada 1,4 mln dan ortiq  xonadondan iborat  42 072 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud.

Joriy yilda ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq joriy yilda 5 409 ta ko‘p kvartirali uylar ta’mirlandi. Buning uchun boshqaruv tashkilotlarining 132 mlrd so‘m mablag‘lari jalb qilindi.

Tasdiqlangan Dasturdan tashqari qo‘shimcha ravishda 59,8 mlrd so‘m mablag‘lari hisobidan 4 440 ta ko‘p kvartirali uylarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Issiqlik ta’minoti sohasini yaxshilash maqsadida Davlat dasturi doirasida 2024-yilda 15 ta loyiha doirasida 10 ta qozonxona qurilib, 14 ta qozon o‘rnatildi. Shu bilan birga 64,7 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarinii qurish va montaj qilish ishlari yakunlandi.

Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika soha obyektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2024-2025-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2 ta mahalliy qozonxona, 57 ta qozon va 99,4 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarida mukammal hamda 1 ta mahalliy qozonxona, 679 ta qozon va 485,8 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarida joriy ta’mirlash va izolyatsiya qilish ishlari yakunlandi.

Shu bilan bir qatorda respublika hududidagi ko‘p kvartirali uy-joylarning elektr tarmog‘i xo‘jaliklarini toifaga ajratgan holda ta’mirlash maqsadida hududiy hokimliklar, 

“Hududiy elektr tarmoqlari” korxonalari bilan hamkorlikda respublikadagi 39 334 ta uyning 374 mingdan ortiq elektr xo‘jalik obektlarini xatlovdan o‘tkazib, “qizil” “sariq”, “yashil” toifalarga ajratildi va 95 mingdan ortiq kirish yo‘laklaridagi “qizil” toifadagi 108 mingdan ortiq shitlar mukammal ta’mirlandi.