UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan press-tur

Taʼkidlash lozimki, Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi aholimiz koʻp yillar davomida issiqlik taʼminotining yoʻqligidan aziyat chekkan. Qoʻlbola isitish vositalaridan foydalanilgan, bunda albatta, xavfsizlikka rioya qilinmagan. Davlatimiz rahbarining har tomonlama oʻylangan xalqchil siyosatlari tufayli bugungi kunda ularning 20 yillik qiyinchiliklari aridi. 

Shuningdek, issiqlik taʼminotini “ochiq” tizimdan “yopiq” tizimga oʻtkazish yoʻlida ham muhim qadamlar tashlandi.

Bugungi kunda dunyo hamjamiyatida kuzatilayotgan energotaqsillikni oldini olishda biz avvalo, bor resurslarni tejashga eʼtibor qaratishimiz lozim. Issiqlik taʼminoti tizimini “yopiq” tizimga oʻtkazish orqali biz anchagina energiyani saqlagan boʻlamiz. 

Yopiq tizim qanday ishlaydi? Bilamizki, anʼanaviy isitish tizimda issiqlik taʼminotidan kelgan issiqlik tashuvchi, yaʼni issiq suv koʻp qavatli uygacha kelib, aholi tomonidan ishlatib boshlinganidan soʻng ortga qaytarilmaydi. 

“Yopiq” tizimda esa issiqlik taʼminoti korxonalaridan kelgan issiq suv koʻp qavatli uyning yertoʻlasida joylashgan qurilmagacha kelib, isteʼmolchilarga yetarli haroratni berib, hajmi yoʻqolmagan holatda ortga qaytariladi. Bunda avvalo, qozonxonalarda kimyoviy tozalangan suv tejab qolinadi. Har bir individual issiqlik punktlarida zamonaviy, aqlli hisoblagichlar oʻrnatiladi. Bunda Isteʼmolchi, koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatuvchi tashkilot va issiqlik taʼminoti korxonasi oʻrtasida aniq hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Issiqlik taʼminoti sifati oshadi. Chunki individual issiqlik punktlarining isitish blokidagi nasoslar uy ichki isitish tizimidagi radiatorlarda issiqlik tashuvchini bir maromda aylanishini taʼminlaydi. Bitta xona isib, ikkinchisi isimay qolishi kabi holatlar bartaraf etiladi. Tashqi havo haroratiga qarab issiqlik taʼminoti haroratini avtomatik sozlash imkoniyati yaratiladi. Buning natijasida issiqlik energiyasi iqtisod qilinadi va bu oʻz oʻzidan issiqlik taʼminoti uchun oylik toʻlovlar kamayishiga zamin yaratadi. Eng muhimi, issiqlik taʼminotini “ochiq” tizimdan “yopiq” tizimga oʻtkazish orqali 7% dan 10% gacha energiya resurslarini tejalishiga erishiladi.