UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan press-tur

Chirchiq shahrida jami 943 ta koʻp kvartirali uylar mavjud boʻlib,  ularga 16 ta BSK hamda 2 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan xizmat koʻrsatib kelinadi. Bugungi kunda 787 ta uy issiqlik energiyasi bilan toʻliq taʼminlangan. 

Bugungi kunda mavjud koʻp qavatli uylarning 92 foiz 1991-yilgacha qurilgan uylar hisoblanadi. Joriy yilda boshqaruv servis kompaniyalari  tomonidan jami 6 mlrd soʻm mablagʻlar evaziga 497 ta uy-joylarda joriy va mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Bunda 166 ta uylarning tom qismi, 449 ta kirish yoʻlaklari, 1000 kv.m dan ortiq framuga oynalari, 20 ta uyning fasadi, 122 ta uylarning yertoʻla qismi, 159 ta elektr taqsimlovchi shitlar, 102 ta uyning ichki muhandislik tarmoqlari, 59 ta temir eshik va 65 ta kodli qulflar, 4 ta lift uskunalari taʼmirlandi va 562 ta energotejamkor lampalar oʻrnatildi. Bundan tashqari hududiy elektr tarmoqlari bilan hamkorlikda 374 ta uyning 3 440 ta elektr taqsimlovchi shitlari joriy va mukammal taʼmirlandi.

Chirchiq “Issiqlik energiyasi” ICHKda jami 9 ta markaziy, 5 ta mahalliy qozonxonalar, ushbu qozonxonalarda 42 ta qozonlar va 90,8 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari mavjud. 

Bugungi kunda Chirchiq shahridagi 14 ta markaziy va mahalliy qozonxona, 29 ta qozon hamda 70 km dan ortiq uzunlikdagi issiqlik tarmoqlari soz holatda.