Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivini markazlashgan issiqlik bilan ta’minlash ishlari jadal ketmoqda
Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivini markazlashgan issiqlik bilan ta’minlash ishlari jadal ketmoqda.
Xususan, hududda jami quvvati 25 MVt bo‘lgan zamonaviy qozonxona qurildi hamda 3 ta zamonaviy qozon o‘rnatildi. Shuningdek, 6,3 km uzunlikdagi issiqlik quvurlari tortilishi belgilangan bo‘lib, hozirda yakuniy montaj ishlari davom etmoqda.
Katta yo‘llardan magistral quvurlar olib o‘tilmoqda. Mazkur loyiha yakuni bilan massivdagi 40 dan ziyod ko‘p qavatli uy va ijtimoiy soha obyektlari sifatli issiq suv va issiqlik energiyasi bilan ta’minlanadi.
Zero, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikda issiq kunlarning har soati g‘animatdir.