UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent viloyati Ohangaron tumani “G’alla quduq” mahallasi yangi qiyofa kasb etmoqda

Davlatimiz rahbarining aholi turmush tarzini yaxshilash yuzasidan berilgan topshiriqlari asosida Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi mas’ullari tomonidan ushbu mahalla aholisining muammolari o’rganildi. 

O’rganish natijalari asosida ma’nan eskirgan ko’p qavatli uylarning holatini tubdan yaxshilash bo’yicha tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Hozirda vazirlik tomonidan 5 ta ko’p qavatli uyning fasad, kirish qismlarini ta’mirlash, muhandislik tizimini yaxshilash va obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Vazirlik departamenti boshlig’i Obidjon Mo’minov bugun ushbu manzilda ta’mirlash-tiklash ishlarining borishi bilan tanishdi. Aholi bilan suhbatda bo’lib, ularning kayfiyatiga qiziqdi.

Muhimi, ushbu ishlar mulkdorlar kayfiyatiga ijobiy ta’sir etib, ularning turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.