UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent viloyati  Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari

Toshkent viloyati  Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi va viloyat "Suv taʼminoti" AJ  xodimlarida tomonidan hududlar bo'ylab iste‘molchilarning ichimlik suvidan foydalanishini monitoring qilish hamda suv tarmoqlariga noqonuniy ulanishni oldini olish  maqsadida targ'ibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. 

Jumladan, Toshkent viloyati Angren tumani  hududida o'tkazilgan  monitoring jarayonidan 2 ta holatda fuqarolar tomonidan ichimlik suviga noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar yuzasidan mas'ullarga ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda muammo joyida inspeksiya xodimlari tomonidan bartaraf etildi.

Ushbu monitoring tadbirlari viloyatning boshqa hududlarida ham o'tkazilmoqda.