Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari
Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Qibray tumanida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, "Birlik" MFY hududida buyurtmachi fuqaro Ch.Mo'minovaga tegishli 3 qavatli mansardali idora binosi qurilishi o'rganildi.
Obyekt hududiy inspeksiyadan belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan, ammo o'zboshimchalik bilan yana bir qavat qo'shib olinganligi ma'lum bo'ldi.
Holat yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan buyurtmachiga yozma ko'rsatmalar berildi. Ma'muriy jarima choralari qo'llanilib, binoning texnik tekshiruvdan o'tkazilishi va o'rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilishi lozimligi tushuntirildi. Shuningdek, inspeksiyadan qaytadan ro'yxatdan o'tkazilgunga qadar qurilish ishlari to'xtatildi.