UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT )

Yangiyoʻl shahar “Bogʻbon” mahallasi hududida tegishli tashkilotlar tomonidan ruxsatnoma olmagan holda koʻp qavatli uylar qurilishi boshlab yuborilgani haqidagi xabar mas'ullar tomonidan o'rganib chiqildi.   Ushbu qurilish obyekti buyurtmachi tashkilot “Rahmatillo-Dilshod” MCHJ ga tegishli bo'lib, bu bo'yicha 2021-yil 25-avgustda Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasining Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish hamda  Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining tegishli eskiz loyihasi yuzasidan xulosasi olingan.  

 2021-yilda Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan obyektda qurilish ishlari noqonuniy boshlaganligi hamda belgilangan tartibda qurilishni boshlash toʻgʻrisida xabarnoma olinmaganli sababli MCHJning rahbariga nisbatan  maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va bu yerda inspeksiya tomonidan 2021-yildan buyon  qurilish ishlari toʻxtatib qo'yilgan.