UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi nazorat tadbirlari

Toshkent tumanida ko‘p qavatli uyning ostki qismidagi betonga shikast yetkazib, yerto‘laga o‘zboshimchalik bilan eshik ochgan fuqaroga qonuniy tartibda chora ko‘rildi.

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Toshkent tumani Keles yo‘li ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyda mulkdor tomonidan o‘zboshimchalik bilan yerto‘laga eshik ochish maqsadida qazish ishlari olib borilgani, shu bilan birga asosiy yuk ko‘taruvchi beton konstruksiyalar buzilib, eshik va oynalar uchun joy ochilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan inspeksiya xodimlari tomonidan mulkdorga jarima choralari qo‘llanildi hamda barcha ishlarni dastlabki holatiga qaytarish bo‘yicha bajarilishi shart bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi. Agar ushbu holatlar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, majburiy tartibda tiklash choralari ko‘riladi.