UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan monitoring ishlari

Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan monitoring ishlari davom etmoqda. 

Ilk manzil O'rtachirchiq tumani "Qorasuv" MFY hududida fuqaro B.Rahmatullayeva tomonidan qurilayotgan maishiy xizmat ko'rsatish binosi. Monitoring davrida obyektda betonning mustahkamligini aniqlovchi sinov laboratoriya xulosalari taqdim etilmadi. Ushbu aniqlangan qoidabuzarlik bo‘yicha buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi hamda  laboratoriya xulosalari olingunga qadar obyektda  qurilish ishlari  to'xtatildi. 

Xuddi shu tumanning "Adolat" MFY hududida  "Yagona buyurtmachi xizmati"IK tomonidan qurilayotgan  58-sonli oilaviy poliklinika binosini rekonstruksiya qilish obyektida ham monitoring ishlari olib borildi.  Ma'lum bo'lishicha, unda mualliflik hamda texnik nazorat ishlari  to'liq yuritilmagan. Jumladan, umumiy ishlar va mualliflik nazorati jurnallari o'z vaqtida qayd etib borilmagan. Shuningdek, qurilish materiallari va buyumlarining muvofiqlik to‘g‘risidagi sertifikatlari mavjud emas. Ushbu qoidabuzarliklar yuzasidan “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko'rsatmalar berildi hamda aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilgunga qadar obyektda qurilish ishlari to'xtatildi. 

O'rganish ishlari O'rtachirchiq tumani "Galabotir" MFY hududida buyurtmachi  "Suv ta'minoti va oqova suv inshootlari qurilishi bo'yicha" IK tomonidan qurilayotgan suv saqlash inshootida ham davom etdi. Monitoring davrida obyektda mualiflik hamda texnik nazorat ishlari  to'liq grafik asosda amalga oshirilmaganligi ma'lum bo'ldi. Shuningdek, ijro hujjatlari jurnallarining  o'z vaqtida yuritilmagani ham ko'zga tashlandi. Ushbu qoidabuzarliklar bo‘yicha buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlari vakillariga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi hamda qurilish ishlari nazoratga olindi.