Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi (RASMIY MUNOSABAT)
Ijtimoiy tarmoqlarda boshqaruv servis kompaniyalariga koʻp qavatli uylarning kirish yoʻlaklariga domofon qurilmalari oʻrnatish vazifasi yuklanayotgani, bu jarayon qanday huquqiy asosda amalga oshirilayotgani, moliyalashtirish manbalari qanday belgilangani qayd etilgan xabar eʼlon qilindi.
Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi ushbu xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 31-yanvarda 63-10-0--Q/25-sonli qarori tasdiqlangan.
Ushbu qarorning 3-ilovasida Respublika mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida samarali tizim shakllantirishga qaratilgan asosiy maqsadli koʻrsatkichlari belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, qarorning 7-bandida mahallalardagi koʻp qavatli uylarning eshiklariga zamonaviy domofon komplekslarini oʻrnatish belgilangan. Shundan kelib chiqib, Toshkent viloyatida joriy yil davomida koʻp qavatli uylarga 3 500 ta domofon oʻrnatish belgilangan. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash uchun koʻp qavatli uylarga domofon oʻrnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu domofonlarni moliyalashtirish manbai deb mahallik hokimliklar etib belgilangan.