Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari
Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Olmaliq shahri hududida joylashgan ko'p qavatli turar-joylarning texnik saqlanishi xatlovdan oʻtkazilganda ayrim mulkdorlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan vakolatli tashkilotlar ruxsatisiz umumfoydalanishdagi joylarni egallab, qoʻshimcha qurilma qurgani, yertoʻladan foydalanish qoidalariga amal qilmaganligi aniqlandi.
Jumladan, Olmaliq shahri "Mustaqillik" MFY hududidagi 2-uyning 25-xonadonida yashovchi fuqaro o‘zi yashab kеlayotgan ko‘p xonadonli uyning yon qismini o'zboshimchalik bilan egallab olgani aniqlandi.
Ushbu holatlar yuzasidan mulkdorlarga 15 kun muddat asosida bajarilishi shart boʻlgan majburiy koʻrsatmalar berildi hamda muammo nazoratga olindi.
Yuqoridagi monitoring ishlari viloyatning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.




