Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari
Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Nurafshon shahri hududida navbatdagi monitoring ishlari amalga oshirildi.
Xususan, o'rganishlar davomida Nurafshon shahri "Taraqqiyot" ko'chasida joylashgan 20-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro o‘zi yashab kеlayotgan ko‘p xonadonli uyga tutash, umumiy foydalanishdagi hududni noqonuniy ravishda egallab, tadbirkorlik bilan shug'ullanayotganligi ma'lum bo'ldi.
Jarayonda mulkdorlarga holatni bartaraf etish uchun 15 kun muddat asosida bajarilishi shart boʻlgan majburiy koʻrsatmalar berildi hamda muammo nazoratga olindi.
Monitoring tadbirlari davomida Nurafshon shahrining "Taraqqiyot" ko'chasida joylashgan 19-uyning 38-xonadonida yashovchi fuqaro ham o‘zi yashab kеlayotgan ko‘p xonadonli uyning yon qismi hududini o'zboshimchalik bilan egallab olganligi aniqlandi.
Noqonuniy qurilma inspeksiya xodimlarining bergan yozma ko'rsatmalariga asosan joyida mulkdor tomonidan buzdirilib, o'z holatiga qaytarildi.




