Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi monitoring ishlari
Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan Nurafshon shahri hududida joylashgan ko'p qavatli turar-joylarning texnik saqlanishi xatlovdan oʻtkazilganda bir guruh mulkdorlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan vakolatli tashkilotlar ruxsatisiz umumfoydalanishdagi joylar egallanib, qoʻshimcha qurilma qurib olish hamda yertoʻladan foydalanish qoidalariga amal qilmaslik holatlari aniqlandi.
Jumladan, Nurafshon shahri "Taraqqiyot" ko'chasi hududida 19-20-xonadonlarda yashovchi fuqarolar o‘zi yashab kеlayotgan mazkur ko‘p xonadonli uyning yon qismlarini o'zboshimchalik bilan egallab olganligi ma'lum bo‘ldi.
Xususan, mulkdorlarga holatni bartaraf etish uchun 15 kun muddat asosida bajarilishi shart boʻlgan majburiy koʻrsatmalar berildi hamda muammo nazoratga olindi.
Yuqoridagi monitoring ishlari viloyatning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.




