Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Kun.uz saytida 9-oktabr kuni “Toshkent tumanida “dom” qurish maqsadida qazilayotgan kotlovan-handaq sabab qoʻshni hovlining bir qismi qulab tushdi”, – deya eʼlon qilingan xabar yuzasidan rasmiy munosabat.
Mazkur holat Toshkent viloyati Toshkent tumani “Bahor” MFY hududida “TOSHKENT MEGA STROY” MCHJ tomonidan qurilayotgan koʻp xonadonli turar joy majmuasi qurilishiga yondosh hududda sodir boʻlgan.
Qurilish tashkiloti tomonidan handaq (kotlavan) qazish ishlari davomida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik oqibatida mazkur holat yuzaga kelgan.
Yondosh hududdagi uy egasining asosiy turar joyiga hech qanday zarar yetmagan. Faqatgina oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmaning devor qismi buzilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning 26-sentabrida Fuqarolik ishlari boʻyicha Zangiota tumani sudining ichki yoʻlga oʻzboshimchalik bilan qurib olingan noqonuniy xoʻjalik binolarini fuqaro hisobidan buzdirish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingan.
Yuqoridagi holat yuzasidan inspeksiya tomonidan nizoli holatlar boʻyicha sudning yakuniy qarori chiqqunga qadar obyektda qurilish ishlari toʻxtatildi.
Qurilishi olib borilayotgan obyektga Toshkent tumani Qurilish boʻlimidan ruxsatnoma berilgan.
2023-yil 22-iyundagi Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻiga asosan loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi hamda ekspertizaning xulosalari taqdim etilgan. Obyekt Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtgan.