Toshkent viloyatida 2102 ta koʻp qavatli uylar joriy va mukammal taʼmirlandi
Toshkent viloyatida 2102 ta koʻp qavatli uylar joriy va mukammal taʼmirlandi.
Koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash hamda ularni joriy va mukammal taʼmirlash ishlarini sifatli bajarish, kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish, fuqarolarga sifatli kommunal xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 831 ta uylarning 115,7 ming kv.m tom qismi, 1 753 ta kirish yoʻlaklari, 952 ta uyning yertoʻla qismidagi muhandislik-kommunikatsiyalari, 415 ta temir eshik va 340 ta kodli qulflar, 2793,3 kv.m framuga oynalari hamda 3 755 ta energiya tejamkor sensor lampalar oʻrnatish ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari 2 317 ta uyning 22 477 ta elektr taqsimlovchi shitlari toʻliq taʼmirlandi.