UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Qurilish va kommunal sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining muammolari va ularni bartaraf etish maqsadida vazirlik tomonidan ochiq muloqotlar o’tkazilib kelinayotganidan xabaringiz bor.

Mazkur tadbirlarda qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, loyiha, qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari hamda soha ekspertlari, ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari ishtirok etib, o’zlarining muammo va takliflarini bildirmoqdalar. 

Ayni damda vazirlik mas'ullari ishtirokida Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar murojaati onlayn qabul qilinmoqda.

- Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi qulayligini oshirishning muhim omili sifatida sohada tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish asosiy vazifamiz hisoblanadi. Shu maqsadda sizlar tomonidan bildiriladigan har bir fikr-mulohaza biz uchun judam muhim. O’zaro hamkorlikda sohani takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqamiz, - deya ta'kidlandi tadbir avvalida.


Ochiq muloqotda dastavval viloyatdagi umumiy holat bo’yicha ma’lumot berib o’tildi.

Toshkent viloyatida joriy yil jami 8 500 xonadondan iborat 143 ta yangi ko’p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan bo’lib, shundan 61 tasi “Yangi O’zbekiston” massivlarida qad ko’taradi. Bugungi kunga qadar jami 28 ta ko’p qavatli uy foydalanishga topshirilgan. 

Muloqotda 40 nafarga yaqin tadbirkorlar ishtirok etib, o’zlarining savol, taklif va muammolari bilan murojaat etmoqdalar. 

Jumladan, davlat dasturlari asosida qurilish ishlarini tashkil etish tartibi,  obyektlarni qurishga ruxsat olish va hujjatlarni ekspertiza qilish bosqichlari, "Shaffof qurilish" tizimida reyting hamda “Mening uyim” platformalari faoliyati, ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatish masalalari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, viloyatda ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatish sohasini takomillashtirish masalalari ham muhokama qilinmoqda. Ta’kidlash lozimki, viloyatda mavjud 5 033 ta ko‘p kvartirali uylarga 93 ta boshqaruv servis kompaniyalari, 8 ta uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatib keladi.


O’zaro konstruktiv va muhokamalarga boy tarzda o'tayotgan muloqot davomida bildirilayotgan murojaatlar mutasaddilar tomonidan qabul qilinmoqda. 

Xususan, qurilish obyektlarini qabul qilishda nazorat tashkilotlarining talablari yuqori ekanligi, sertifikatlash tartibi qat’iylashib borayotgani ta’kidlandi. 

Bunga javoban vazirlik huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi vakili mazkur masala bevosita Shaharsozlik kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan belgilab berilgani aytib o’tdi. Bu borada vazirlik huzurida Kompetensiyani rivojlantirish instituti tashkilib etilgani va tegishli tartibda mutaxassislik sertifikati taqdim etilayotgani eslatib o’tildi.

Shu bilan birga loyiha tashkiloti vakili tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza ko’rigiga taqdim etishda buyurtmachi tashkilot vakillarining mas’uliyatsizligi va o’z vaqtida shartnoma to’lovlarini amalga oshirmasligi loyiha tashkilotining reyting ko’rsatkichlariga salbiy ta’sir ko’rsatayotgani ta’kidlandi. 

Shuningdek, yopiq ishlar dalolatnomasini tuzishda mualliflik nazoratiga mas’ul mutaxassislar ishtirokiga oid savolga ham vazirlik xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.