UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Toyloq tumani “Yangi Oʻzbekiston” massivida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi

Toyloq tumani “Yangi Oʻzbekiston” massivida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan press-tur tashkil etildi

Unda sohaga masʻullar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Taʻkidlanganidek, “Yangi Oʻzbekiston” massivi qurilishi 3 bosqichda amalga oshirilmoqda:

I bosqichda 2024-yilda 12 ta koʻp xonadonli uy-joy, II bosqichda 2025-yilda 16 ta koʻp xonadonli uy-joylar, 1 ta 360 oʻrinli DMTT, mahalla markazi savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishi, III bosqichda 2026-2027-yillarda 15 ta koʻp qavatli uy-joylar, 1 ta 990 oʻrinli maktab, 100 qatnovli oilaviy poliklinika, 1 ta yoshlar markazi hamda savdo markazi va xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishi rejalashtirilgan.

Press-turda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oldilar.