Tumanning “Oltin vodiy” mahallasidan kelib tushgan murojaat tegishli mutaxassislar tomonidan joyiga chiqqan holda o’rganildi
2024-10-10
Kuni kecha Segeli tumani aholisi uchun onlayn qabul o’tkazilganligi haqida ma’lumot bergan edik.
Unda aholining bir qator kommunal sohaga oid murojaatlari qabul qilindi. Tumanning “Oltin vodiy” mahallasidan kelib tushgan murojaat tegishli mutaxassislar tomonidan joyiga chiqqan holda o’rganildi.
Obodonlashtirish hududlarini tozalashdan chiqqan chiqindilarni to’plash joyini o’zgartirish bilan bog’liq masala yuzasidan mas’ullarga aniq muddatli topshiriqlar berildi.