Uch tomonlama hamkorlik aloqalari yo‘lga qo’yilmoqda
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi Texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent Arxitektura va qurilish universiteti hamda Xitoyning qurilish sohasidagi yetakchi oliy ta'lim muassasasi Chonqing universiteti delegatsiyasi a’zolari ishtirokida uchrashuv o’tkazildi.
Unda sohaga doir quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- hamkorlikda shaharsozlik norma va qoidalari hamda standartlarni modernizatsiya qilish;
- institut xodimlariga qisqa muddatli stajirovkalar tashkil qilish;
- ilmiy-tadqiqot ishlari, konferensiya va ko’rgazmalar tashkillashtirish;
- laboratoriya faoliyatini Xitoy tajribasi asosida takomillashtirish.
Ma'lumot uchun, Chonqing universiteti arxitektura, elektrotexnika, qurilish, metallurgiya muhandisligi, mashinasozlik va boshqaruv fanlari bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi. Universitetda hozirda 50 000 nafar talaba tahsil oladi, shundan 20 000 nafari magistratura va doktorantura, 30 000 nafari esa bakalavriat talabalaridir.




