UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Uchrashuvda vazirlikning sohaga daxldor mas’ullari, Energetika vazirligi mutasaddilari, “Synergy Consulting” hamda “Saudi Tabreed” kompaniyalari vakillari ishtirok etdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Nukus, Farg‘ona va Quvasoy shaharlarining issiqlik ta’minoti tizimlariga resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va bosqichma-bosqich yopiq tizimga o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan loyihalarni muhokama qilish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur uchrashuvda vazirlikning sohaga daxldor mas’ullari, Energetika vazirligi mutasaddilari, “Synergy Consulting” hamda “Saudi Tabreed” kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Nukus, Farg‘ona va Quvasoy shaharlari issiqlik ta’minoti tizimini kogeneratsiya texnologiyalarini jalb qilgan holda davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, kompaniya vakillarining hududdagi obyektlarga tashrifi natijalari bo‘yicha yig‘ma hisoboti tinglandi hamda quyidagi masalalar tahlil qilindi:
• hududlardagi issiqlik ta’minotining bugungi holati;
• loyiha iqtisodiyotiga ta’sir qiluvchi bozor tendensiyalari;
• texnik baholash natijalari;
• ishtirok etuvchi tomonlarga nisbatan xavf taqsimoti matritsasi hamda tomonlarning huquq va majburiyatlari;
• moliyaviy tahlil natijalari, jumladan tarif taklifiga ta’sir qiluvchi omillar.

Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda uchrashuv natijalariga ko‘ra loyihani jadallashtirish yuzasidan amalga oshirish rejasi hamda keyingi qadamlar belgilab olindi.

Ma’lumot uchun: “Saudi Tabreed District Cooling Company CJSC” - Saudiya Arabistoni Qirolligi va Fors ko‘rfazi mintaqasi davlatlarida quyosh energetikasi, sovutish tizimlari va kogeneratsiya uskunalarini o‘rnatish, ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shaharlar miqyosidagi katta loyihalarni amalga oshirishda xalqaro tajribaga ega bo‘lgan kompaniya hisoblanadi