UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Umumiy mulkdan o‘zboshimcha foydalanmang!

Ko‘p qavatli uylarning atrofi qonunchilikka asosan umumiy mulk hisoblanadi. Uni hech kim o‘zboshimchalik bilan alohida o‘rab olishi yoki boshqa maqsadlarda ishlatishi mumkin emas. Ammo ayrim fuqarolar ushbu qoidalarni buzib kelmoqda.

Bugun vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ayni masala tilga olingan aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish maqsadida Yunusobod tumani “Nurmakon” mahallasida bo‘ldi.

Bu yerda tasvirlardan ham ko‘rinib turganidek, aholi vakillari umumiy mulk hisoblangan yoki yashil hududlarni o‘zboshimchalik bilan o‘rab olgan, betonlashtirib avtomobillari uchun joy sifatida foydalanayotganini ko‘rish mumkin. Bu esa ko‘pchilikning noroziligiga sabab bo‘lib, yashil hududlarni saqlab qolish bo‘yicha e’tirozlarini bildirishmoqda. 
Ozoda Abdurahimovni masalani atroflicha o‘rganib, barchasi qonuniy yechim topishi kerakligini ta’kidladi.  “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 13-moddasida keltirilganidek, umumiy mol-mulkdan foydalanish huquqi joy mulkdorining umumiy mol-mulkdagi ulushiga bog‘liq bo‘lmaydi. Joylarning mulkdorlari umumiy mol-mulkdan hamda uyga tutash yer uchastkasidan foydalanishda teng huquqlarga ega.

Shuningdek, o‘rganish davomida hududning tozaligi bo‘yicha ham "Fortuna kommunservis GROUP" boshqaruv servis kompaniyasi rahbari chaqirtirilib, faoliyati jiddiy tanqid qilindi. Kompaniya rahbari uch kun ichida hudud tozaligi bo‘yicha natija ko‘rsatishga va’da berdi.