UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazida mamlakatimizning  arxitektura va dizayn yo'nalishida faoliyat yurituvchi yosh mutaxassislar bilan davra suhbati o'tkazildi

Bugungi kunda qurilish sohasi yoshlar orasida eng istiqbolli yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Ko‘plab yoshlar qurilish texnologiyalari, dizayn va muhandislik sohalarida bilim va ko‘nikmalarni egallashga intilib, ushbu tizimni o‘z kasbiy yo‘nalishiga aylantirmoqda.

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Yoshlar Forumi-2025 ga start berildi.  Joriy yilning iyun oyi - Yoshlar oyi deb e'lon qilingani ham mamlakatimizda ushbu qatlam vakillariga e'tibor qanchalik yuqori ekanligini ko'rsatadi. 

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazida mamlakatimizning  arxitektura va dizayn yo'nalishida faoliyat yurituvchi yosh mutaxassislar bilan davra suhbati o'tkazildi. 

Unda qurilish sohasini raqamlashtirish yo'nalishidagi salmoqli loyihalar, xususan, shaharlarning raqamli egizagi va GIS tizimini ishlab chiqish borasidagi innovatsion yechimlar va zamonaviy texnologiyalar, xususida ma'lumot berildi. 

Shuningdek, tadbir davomida yosh mutaxassislarning sohani yanada rivojlantirish yo'nalishidagi taklif va mulohazalari qabul qilindi. Ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha ma'lumot berildi.