UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Urganch shahrida Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi mas'ullari va loyiha-qidiruv tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig'ilish bo‘lib o‘tdi

 Urganch shahrida Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi mas'ullari va loyiha-qidiruv tashkilotlari rahbarlari ishtirokida yig'ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Kompetensiyani rivojlantirish instituti Nukus hududiy filiali direktori ham qatnashdi.

 Uchrashuv davomida institut tomonidan yangi ochilgan energiya samaradorlik yo‘nalishi hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

 Loyiha-qidiruv tashkilotlari rahbarlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur uchrashuv qurilish sohasida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, mutaxassislar malakasini oshirish va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.