UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

”Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni oʻz egalariga yetkazildi

18-aprel - Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan sohada uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan, oʻz kasbiga fidoyilik bilan yondashayotgan bir guruh xodimlar Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan taʼsis etilgan “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Bugun Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasida ushbu mukofotlar oʻz egalariga yetkazildi.

Mukofotlarni boshqarma boshligʻi Fazliddin Alijonov topshirib, yigʻilganlarni yana bir bor kasb bayramlari bilan tabrikladi.