Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasida fuqarolarning murojaati qabul qilinmoqda
Ma’lumki, haftaning juma kunlari Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga doir murojaatlari qabul qilinib kelinadi.
Ayni damda vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Toshkent shahrining turli tumanlaridan kelgan murojaatchilarning issiqlik ta’minoti, ko’p qavatli uylarga xizmat ko’rsatish, bolalar maydonchasi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlariga oid masalalarini qabul qilmoqda.
Ozoda Jo’rayeva faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etib, sohadagi muammolarni ko‘tarayotgan murojaatchilarga minnatdorlik bildirdi.
Hozirga qadar 7 ta murojaat qabul qilinib, 5 tasi yuzasidan huquqiy tsuhuncha berildi. Ikkita murojaat esa joyiga chiqqan holda mutaxassislar tomonidan o’rganilishi bo’yicha topshiriq berildi.
Qabul davom etmoqda…