Vazir o’rinbosari bolalar bilan birgalikda ko’chat o’tqazdi
Xabaringiz bor, vazirlik tashabbusi bilan “Bir bolaga bir daraxt” ezgu tashabbusi asosida joylarda ko’p qavatli uylar atrofiga ko’chat o’tqazish ishlari jadal tusda olib borilmoqda.
Bugun erta tongdan Chilonzor tumanida ham katta tadbir tashkil etilib, jamoatchilik faollari, aholi vakillari uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari bilan birgalikda ekologik muhitni yaxshilashga o’z hissalarini qo’shdilar.
Mazkur jarayonda Ozoda Jo’rayeva ham qatnashib, bolalar bilan birgalikda bir necha ko’chatlar o’tkazishda ishtirok etdi. Yosh avlod yuzidagi xursandchilik, tabiatga bo’lgan mehr alohida e’tirof etildi. Tabiat yaxshilanishiga hissa qo’shgan bolajonlarga shirinliklar tarqatilib, har bir niholning unib-o’sishida ularning ishtiroki muhimligi aytib o’tildi.
- Obodlik ostonadan boshlanadi. Yashillik, tartib va intizom bo’lsa, aholimizning kayfiyati ham doim ijobiy bo’ladi. O’zaro uyushqoqlik, tarbiya, ekologik madaniyatni oshirishda mana shunday hashar ishlarining ahamiyati beqiyos,-dedi Ozoda Jo’rayeva.
Davlatimiz rahbarining xayrli tashabbusi asosida boshlangan mazkur ishlardan mahalla nuroniylari ham minnatdor ekanliklarini bildirdilar.