Vazir o‘rinbosari boshchiligida vazirlik va uning hududiy boshqarmalari vakillari zoom platformasi orqali mazkur yig’ilish o'tmoqda
Ayni damda ko‘p kvartirali uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, belgilangan topshiriqlar ijrosini qat’iy ta’minlash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o’tkazilmoqda.
Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva boshchiligida vazirlik va uning hududiy boshqarmalari hamda Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi vakillari zoom platformasi orqali mazkur yig’ilish doirasida dolzarb masalalarni muhokama qilmoqdalar.
Dastavval, hisobot davrida sohani takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, 2025-2026 yillar respublikadagi 9 812 ta ko‘p kvartirali uyni boshqaruv organlarining mablag‘lari hisobidan kuz-qish mavsumiga soz holatga keltirish va ta’mirtalab uylarni joriy yilning 15-sentabriga qadar to‘liq yakunlash vazifasi yuklatilgan. Bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha jami 5 718 ta uyda ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.
Ozoda Jo’rayeva jarayonga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan mas’ullar faoliyatini keskin tanqid qildi.
- Boshqarma mas’ullari xalq ichiga kirishi shart. Mavjud muammolarni o’z ko’zi bilan ko’rmagan, yurtdoshlarimiz dardini his qilmagan odam sohani o’zgartira olishiga ishonish qiyin. Bu yo’nalishda mas’uliyatsizlik qilgan mutaxassislarga tegishli tartibda chora ko’ramiz,-dedi Ozoda Jo’rayeva.
Yig’ilish davom etmoqda.