UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o’rinbosari Buxoroda

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ayni damda Buxoro viloyatida bo’lib turibdi.

Vazir o’rinbosari hududdagi boshqaruv organlari faoliyati, kuz-qish mavsumiga tayyorligini o’rganib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan tashkiliy masalalarni o’rganmoqda.

Dastlab Ozoda Jo’rayeva Buxoro shahridagi 100 dan ortiq uyga xizmat ko’rsatuvchi “Buxoro kommunal servis” faoliyatini o’rgandi.

Aholi bilan suhbatlashib, ularning sohaga doir fikrlari qabul qilindi. Unga ko’ra shaharda ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari faoliyati yaxshilangan, 24 soat davomida mulkdorlar murojaati qabul qilinmoqda. Kuz-qishga tayyorgarlik doirasida ham belgilangan ishlar o’z vaqtida amalga oshirilgan. 

“Bizning eng asosiy maqsadimiz-Sizning roziligingiz. Bu yo’lda islohotlarimiz davom etadi”,- dedi vazir o’rinbosari.