UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o‘rinbosari Buxoroda

Mehr-oqibat, saxovat kabi ulug‘ qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan yasharish va yangilanish bayrami — Navro‘zi olam arafasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Buxoro viloyati Kogon tumani mahallalarida yashayotgan aholi bilan uchrashdi.

Xususan, Ozoda Jo’rayeva qator mahallalarda bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan suhbatda bo‘ldi, ularning holidan xabar oldi. Mavjud muammolari joyida o‘rganilib, ijobiy yechimi yuzasidan tegishli choralar ko’rildi.

Mamlakatimizda inson qadrining ulug‘lanishi, har bir inson taqdiriga befarq bo’lmaslik olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tashkil etishi shubhasiz. Biz ushbu yo’lda sizlarga xizmat qilishdan mamnunmiz,- dedi Ozoda Jo’rayeva.

Shuningdek, vazir o’rinbosari kunning ikkinchi yarmida Kogon tumani aholisi uchun tashkil etilgan sayyor qabulda ishtirok etdi. 

Unda ichimlik suvi, tabiiy gaz, yo‘l qurilishi bilan bog‘liq muammolar hamda o‘z yechimini kutayotgan boshqa masalalar bo‘yicha aholining murojaatlari tinglandi.

Ta’kidlanganidek, hudud aholisining bugungi hayot tarzidan rozi bo‘lib yashashlariga e’tibor qaratish zarur. Shu ma’noda aholi muammolarini o’z vaqtida ijobiy hal qilish bo’yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.