UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o’rinbosari Farg’ona shahar hokimligi mutasaddilari, “yashil shahar”ni barpo etishda mehnat qilayotgan quruvchi tashkilotlar vakillari, kommunal xizmat ko’rsatishga mas’ul bo’lgan boshqaruv organlari rahbarlari bilan uchrashdi

Xabar berganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Farg’ona shahrida bo’lib turibdi. 

Vazir o’rinbosari Farg’ona shahar hokimligi mutasaddilari, “yashil shahar”ni barpo etishda mehnat qilayotgan quruvchi tashkilotlar vakillari, kommunal xizmat ko’rsatishga mas’ul bo’lgan boshqaruv organlari rahbarlari bilan uchrashdi. 

Unda galdagi muhim vazifalar, yangi barpo etilayotgan uy-joylarni boshqaruv organlariga biriktirish masalalari, ko’p kvartirali uylarni ekspluatatsiya qilish ishlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 

-  Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan shahringizda barpo etilayotgan zamonaviy, xavfsiz, har tomonlama qulay sharoitlarni ko’rib juda havasim keldi. Aholi bilan ham gaplashib ularning quvonch ko’z yoshlarini ko’rib behad ta’sirlandim. Haqiqatan ham mamlakatimizdagi xalqchil siyosat bugun o’z samarasini bermoqda. Endigi asosiy vazifa ushbu chiroyli manzarani saqlab qolish. Bunda quruvchi tashkilot va kommunal soha vakillari mustahkam hamkorlikni o’rnatishi lozim,- dedi Ozoda Jo’rayeva. 

Shuningdek, uchrashuvda yangi uylarni foydalanishga qabul qilishda ko’p kvartirali uyga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari vakillari ishtirok etishi lozimligi ta’kidlandi.