UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o‘rinbosari mazkur hududda samarali xizmat ko‘rsatayotgan boshqaruv tashkiloti faoliyati bilan tanishdi

Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi eng avvalo aholi manfaati uchun xizmat qilishi kerak, aks holatlarga endilikda yo‘l qo‘yilmaydi. 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayevaning navbatdagi murojaatni o‘rganish jarayoni mazkur xulosa bilan yakunlandi. 

Xabar berib kelayotganimizdek, vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva rahbariyat qabulida kelib tushgan murojaatlarni joyiga chiqqan holda o‘rganib, muammoli holatlarga joyida yechim topish choralarni ko‘rib keladi. Bugungi manzil Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani TTZ-1 mavzesi bo‘ldi. 

Mazkur hududda ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari orasidagi tushunmovchiliklar bugungi kunda aholini qiynab kelayotgani ayon bo‘ldi. Vazir o‘rinbosari holat bilan tanishar ekan, tizimda ana shunday tartibsizlik keltirib chiqarayotganlarni tanqid qildi.

- Ko‘p kvartirali uylarni saqlash bu kompleks chora-tadbirlar majmui, kimningdir manfaati uchun xizmat qiladigan soha emas.  Shu bois tizimda tovlamachilik qiladiganlarga o‘rin qoldirmaymiz. Barchasi qonuniy ko‘rib chiqiladi va aholimizga xizmat ko‘rsatish sifatini tushirishga urinayotganlar  jazolanadi,- dedi Ozoda Jo‘rayeva. 

Vazir o‘rinbosari, shuningdek, mazkur hududda samarali xizmat ko‘rsatayotgan boshqaruv tashkiloti faoliyati bilan ham tanishdi. Shu bilan birga aholining sohaga daxldor qator masalalari bo‘yicha huquqiy tushunchalar berildi.