UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ayni damda Xorazm viloyatida bo’lib turibdi.

Dastlab vazir o’rinbosari Xonqa tumanidagi 42 ta uyga xizmat ko’rsatuvchi “Xonqa yangi uylar” BSK faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, BSKning moddiy texnik bazasi, billing tizimi orqali kelib tushayotgan tushum holati o’rganildi. BSK tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimi samarali joriy etilganligi alohida e’tirof etildi. 

Ammo ko’p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari sust holatda ekanligi aniqlanib, mazkur holatni tez fursatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

- Bahor mavsumi ayni ko’kalamzorlashtirish, obodlik vaqti. Atrof-muhit tozaligi esa aholimizning kayfiyatini ko’tarishga xizmat qiladi, - dedi Ozoda Jo’rayeva.

O’rganish ishlari davom etmoqda.