UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva boshchiligida Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar murojaati onlayn qabul qilinmoqda

Mamlakatimizda tadbirkorlikka keng yo’l ochish, ularning faoliyatiga ko’maklashish maqsadida katta islohotlar olib borilmoqda. Bunda avvalo, tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan to’siqlarni bartaraf etish, ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shu ma’noda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan hududlar kesimida qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, loyiha, qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari hamda soha ekspertlari, ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv organlari ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda. 

Ayni damda vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva boshchiligida Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar murojaati onlayn qabul qilinmoqda.

"Tadbirkorlik faoliyatini, umuman olganda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, mahalliy aholining bandligini ta’minlash, inson resurslarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois qaysi soha bo’lmasin, tadbirkorlik subyektlariga faoliyati davomida ko’maklashish, ularning muammolarini o’rganishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim”,- dedi Ozoda Jo’rayeva.


Ochiq muloqotda Xorazm viloyatida qurilish va kommunal sohada tadbirkorlik faoliyatining ko’rsatkichlari, rivojlanayotgan yo’nalishlar hamda muammoli holatlar haqida qisqacha ma’lumotlar berilmoqda.

Xususan, raqamlarga e’tibor beradigan bo’lsak, bugungi kunda Xorazm viloyatida qurilish faoliyati bilan shug’ullanib kelayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 1 556 tani tashkil etadi. Viloyatda 2024-yilning 1-choragida qurilish ishlari hajmi va 2023-yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 109,7 foizni tashkil etadi. Viloyatda mavjud 1 749 ta ko‘p kvartirali uylarga 22 ta boshqaruv servis kompaniyalari xizmat ko‘rsatib keladi.

Bugungi tadbirda 50 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etib, o’zlarining savol, taklif va muammolari bilan mutasaddilarga murojaat etmoqdalar. Ularning qurilishga ruxsat olish, obyektlarni qabul qilishda nazorat inspeksiyasining ishtirok etish tartibi, shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi, "Shaffof qurilish" hamda “Mening uyim” platformalari faoliyati, ko’p kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish singari yo'nalishlarda mavjud masalalar muhokama qilinmoqda.


O’zaro konstruktiv va muhokamalarga boy tarzda o'tayotgan muloqot davomida bildirilayotgan murojaatlar mutasaddilar tomonidan qayd etib borildi. 

Xususan, ko‘p qavatli uy-joylar qurilishida ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun kredit ajratish masalasi hamda qurib foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli uy-joylarni boshqaruv kompaniyalariga biriktirish ishlarini raqamlashtirish, bunda inson omilini kamaytirish bo'yicha takliflar ko’rib chiqildi.

Shuningdek, yig'ilishda qurilish pudrat va loyiha tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan bog’liq muammo va takliflarini o’rganib chiqish va natijasi bo’yicha murojaatchilarga axborot yetkazish bo’yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Tadbirkorlar tomonidan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida uy-joylar, muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilma obyektlarining o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi bilan bog’liq uchrayotgan muammolar ko’tarildi va ushbu holatlarga ijobiy yechim topish yuzasidan chora-tadbir rejasi ishlab chiqilishi ta’kidlandi.