Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva boshqaruv tashkiloti tomonidan joriy yil amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi
Hademay mamlakatimizga kuz-qish mavsumi kirib keladi. Ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari esa har bir fursatdan unumli foydalanishi shart. Ayni mavsumga tayyorgarlik ustidan qat’iy nazorat o’rnatish maqsadida vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva bir qator hududlarda o’rganish ishlarini olib bormoqda.
Ayni tadbir bugun poytaxtimizning Yakkasaroy tumani “Classic building”da ham bo’lib o’tdi.
Kompaniya 2012-yil tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda 84 ta ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi 22 ming 570 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadi.
Ozoda Jo’rayeva boshqaruv tashkiloti tomonidan joriy yil amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. Mazkur jarayon talab darajasida, sifatli amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi.
- Bugungi mehnat natijasi aholimizni yil davomida har tomonlama qulay sharoiti uchun zamin yaratadi. Shu jihatdan ham bu jarayonga chuqur mas’uliyat va xalq oldidagi vijdon bilan qarash kerak,- deya ta’kidladi Ozoda Jo’rayeva.
Kompaniya joriy yilda quyidagi ishlarni amalga oshirildi:
- 5,5 ming kv m tom qismi ta’mirlandi;
- 67 ta kirish yo’laklari ta’mirlandi;
- 84 uyning ichki issiqlik quvurlari bosim ostida yuvildi;
- 102 ta issiqlik tugunlari kapital ta’mirlandi;
- 12 ta markaziy elektroshit ta’mirlandi;
- 5 ta ko’p qavatli uyning fasad qismi, 2ta uyning muhandaslik tarmoqlari to’liq ta’mirlandi.
Ta’kidlash lozimki, mazkur yo’nalishdagi ishlar kompaniya ishchi xodimlari tomonidan izchillik bilan davom ettirilmoqda.




