UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Buxoro shahrida boʻlib, boshqaruv organlari faoliyatini ko’zdan kechirmoqda

Ta’kidlaganimizdek, vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Buxoro shahrida boʻlib, boshqaruv organlari faoliyatini ko’zdan kechirmoqda.

Xususan, vazir o’rinbosari 56 ta uyga xizmat ko’rsatuvchi “Muhammadjon Nozima” va 100 dan ortiq uyga mas’ul boʻlgan “City center” BSKlar faoliyati, kuz-qish mavsumiga tayyorligi, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ko’p qavatli uylarning texnik holati bilan tanishdi.

Atrof-hududlar obodligi ko’zdan kechirildi. Aholi bilan suhbatda ularning kompaniyalar haqidagi fikrlari tinglandi.

- Tez orada sovuq ob-havo mamlakatimizga kirib keladi. Bu esa bizning mas’uliyatimizni o’n karra oshirishi tabiiy. Eng asosiysi, hozir ko’rilayotgan tayyorgarlik qish mavsumida bizning xotirjamligimiz asosini yaratadi, - dedi Ozoda Jo’rayeva.

O’rganishlar davomida ikki kompaniyaning faoliyati ijobiy baholanib, ish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha tavsiyalar berildi.