UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Buxoro viloyati Qorako’l tumanida bo’ldi

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Buxoro viloyati Qorako’l tumanida bo’ldi.

Tumandagi Yangi O’zbekiston massivida joylashgan 21 ta ko’p kvartirali uyga xizmat ko’rsatuvchi “City center” BSKning filiali faoliyati o’rganildi. 

Xususan, tizimni raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlarini qabul qilish tartibi, xizmat ko’rsatish sifati ko’zdan kechirildi. 

Shuningdek, mazkur tumandagi 43 ta ko’p kvartirali uyga xizmat ko’rsatuvchi “Qorako’l qurilish kommunal” BSK faoliyati ham o’rganib chiqildi. 

Kompaniyaning ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatish borasida amalga oshirilgan ishlari joyiga chiqqan holda o’rganildi. 

Uylarning texnik holati, aholi murojaatlari o’rganilib, mavjud kamchiliklarni to’g’rilash yuzasidan topshiriqlar berildi. Shu bilan birga qo’shimcha servis xizmatlar sonini ko’paytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.