UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva forum doirasida Jahon bankining infratuzilma hamda energetika bo‘yicha Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi direktori bilan uchrashdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva forum doirasida Jahon bankining infratuzilma hamda energetika bo‘yicha Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi direktori Charles Сormier bilan uchrashdi.

Unda mamlakatimizdagi ko‘p qavatli uylarning energosamaradorligini oshirish bo‘yicha modernizatsiya loyihalari, markazlashgan issiqlik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha Jahon banki bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlarning borishi, dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan ko‘p kvartirali uylarning energosamaradorligini oshirish bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Unga ko‘ra Andijon, Buxoro, Samarqand va Chirchiq shaharlaridagi 1 034 ta ko‘p kvartirali uyning tom, kirish yo‘laklaridagi temir eshiklar, framuga romlar, yerto‘la muhandislik quvurlarini yangilash hamda uylarning fasad qismini energiya tejovchi qoplama bilan qoplash kabi ishlar amalga oshiriladi. Loyiha doirasida dastlabki ishlarni amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan ikki million dollar grant mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Uchrashuvda shuningdek, Ozoda Jo‘rayevaning taklifi bilan aholi o‘rtasida sohaga doir targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvga erishildi.

Tomonlar ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirish va amaliy dasturlarni ishlab chiqishni hozirdan boshlash tashabbusini bir ovozdan ma’qulladilar.