UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva forum doirasida "O‘zbekiston jamoat binolari uchun energiya samaradorligi va zamonaviy yechimlar" mavzusida nutq so‘zladi

Ta'kidlaganimizdek, Turkiyada Jahon Banki tashabbusi bilan energiya resurslarini boshqarish, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish va barqaror rivojlanish masalalarida bilim almashish va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida "Energy Knowledge Networkingforumi bo'lib o'tmoqda.

Bugun vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva forum doirasida  "O‘zbekiston jamoat binolari uchun energiya samaradorligi va zamonaviy yechimlar" mavzusida nutq so‘zladi.

Unda mamlakatimizda yangi barpo etilayotgan bino-inshootlar energosamaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mavjud uy-joylarni modernizatsiya qilish loyihalari bo‘yicha 40 dan ortiq mamlakatlardan kelgan ekspertlarga atroflicha ma’lumot berildi.

- O‘zbekiston so‘nggi yillarda energetika sohasini diversifikatsiya qilish bo‘yicha faol islohotlarni amalga oshirmoqda. Maqsadimiz — 2030-yilgacha mamlakatda energiya iste’molining kamida 30 foizini qayta tiklanuvchi manbalar orqali ta’minlashdan iborat.

Ilg‘or, rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda shaharsizlik norma va qoidalari takomillashtirilmoqda. Jumladan, “Passiv uylar”, “Yashil qurilish. Turar-joy va jamoat binolari” kabi norma va qoidalar orqali soha yangi energosamarador yechimlar bilan boyitilmoqda, - dedi Ozoda Jo‘rayeva.

Shuningdek, mavjud binolarning energosamaradorligini oshirish, markazlashgan issiqlik ta’minoti sohasini rivojlantirish hamda "Yangi Toshkent" shahri loyihasidagi zamonaviy, yashil yechimlar haqida ham ma’lumot berildi.

Albatta, O‘zbekistonning qisqa vaqt ichida energosamaradorlik yuzasidan olib borayotgan islohotlari xorijlik ekspertlarni ham befarq qoldirmadi. Shu ma’noda vazir o‘rinbosari o‘z nutqining yakunida mazkur yo‘nalishda mamlakatimiz hamkorlik uchun ochiq ekanligini bildirdi.