UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ishtirokida rahbariyat qabuli o‘tkazib kelinmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi aholining sohaga doir  muammolari bilan ishlash, ularning murojaatlarini o'z vaqtida qabul qilib, belgilangan muddatlarda hal etilishini ta’minlashga alohida e'tibor qaratib keladi. 
  
Xabar berib kelayotganimizdek, haftaning har juma kunlari vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva ishtirokida rahbariyat qabuli o‘tkazib kelinmoqda.  
 
Bugun bo'lib o'tgan qabulda ham yurtdoshlarimizdan 20 ga yaqin murojaat qabul qilindi. Mazkur murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal qilindi, vaqt va joyiga chiqqan holda o‘rganish talab etiladigan masalalar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. 
 
Poytaxtimizning Chilonzor, Mirzo Ulug'bek, Yunusobod, Yashnobod, Yakkasaroy, Yashnobod tumanlaridan qabul qilingan aholi vakillari kommunal soha, xususan, ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatish tizimida uchrayotgan muammolar, boshqaruv tashkiloti faoliyatidan norozilik, ko'p qavatli uylarning umumfoydalanish hududlarida mulkdorlar tomonidan noqonuniy qurilmalarning barpo etilayotganligi, billing tizimiga oid murojaatlarini bildirdilar. 

Qabulda kelib tushgan murojaatlarning barchasi qayd qilindi va tegishli tartibda bartaraf etilishiga kelishib olindi.