UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ko’p qavatli uyalarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari bilan tanishdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva bugun poytaxtimizning bir necha hududlarida bo’lib, ko’p qavatli uyalarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari bilan tanishdi.

Dastlabki manzil Yakkasaroy tumanida faoliyat yurituvchi “Yakkasaroy Prof” BSK bo’ldi. Tumandagi 44 ta uyga xizmat ko’rsatuvchi kompaniya bugungi kunda 10 ga yaqin uyning tom qismida mukammal ta’mirlash ishlarini olib borgan. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida hududlarda 7 ta bolalar maydonchasi tashkil etilmoqda. Shuningdek, uylarning texnik holatini yaxshilash maqsadida kirish yo’laklari va yerto’lalarda joriy ta’mirlash va profilaktik tadbirlar o’tkazilmoqda.

Ozoda Jo’rayeva kompaniya faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish lozimligini qayd etdi. Shuningdek, muhandislik tarmoqlarini kuz-qishga tayyorlashda sifatga e’tibor berish lozimligi ta’kidlandi.