UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva o‘quv kursida qatnashayotgan boshqaruv tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi

Xabar berib kelayotganimizdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutida respublikada faoliyat yurituvchi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlarining malakasi oshirilmoqda.

Mazkur sertifikatlash o‘quv kursi 72 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, unda sohadagi islohotlar, qonunchilik hujjatlari mazmun mohiyati, aholi bilan ishlash va unda muloqot madaniyatiga amal qilish, xizmat sifatini yaxshilashni nazarda tutuvchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlarida malakali proffesor-o‘qituvchilar tomonidan dars o‘tilmoqda. 

Bugun mazkur jarayon bilan yaqindan tanishish maqsadida vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva institut binosida bo‘ldi. Kompetensiyani rivojlantirish instituti rektori A’zamiddin Qo‘ldoshev bilan kurs tinglovchilari uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv va amaliy mashg‘ulotlarini tashkil qilish tartibi va kelgusi maqsad-rejalar muhokama qilindi. Shundan so‘ng Ozoda Jo‘rayeva o‘quv kursida qatnashayotgan boshqaruv tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi. O‘zaro iliq va samimiy kechgan suhbatda vazir o‘rinbosari boshqaruv tashkilotlariga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, xususan,  zamonaviy talablar haqida to‘xtaldi. Shuningdek, sohada ishbilarmonlik, mas’uliyat va daxldorlikning ahamiyati yana bir bor eslatib o‘tildi. 

- Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bugun kommunal sohaga e'tibor kuchaygan. Ushbu murakkab tizimda necha yillar faoliyat yuritgan inson sifatida aytamanki, bunday imkoniyat va imtiyozlar oldinlari bo'lmagan. Bugungi kunda jamiyatda o'z o'rniga ega soha vakillarimiz. Muhimi, ushbu sharoitdan unumli foydalanib, xalqqa halol xizmat qilish, - dedi Ozoda Jo'rayeva.  

Tinglovchilarga vazir o‘rinbosarining o‘z tajribasidan kelib chiqqan xulosalari, yillar davomida orttirgan ko‘nikmalari haqida ma’lumot olish juda qiziqarli bo‘ldi.  Shuningdek, ular o‘z faoliyatida uchrayotgan masalalar yuzasidan o‘z savollariga javob oldilar. 

Eslatib o‘tamiz,  2025-yilning 1-yanvaridan boshlab sertifikatga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslarga ko‘p kvartirali uylarning boshqaruv organlariga rahbarlik qilish ta’qiqlanadi.