Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari faoliyatini o’rganmoqda
Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari faoliyatini o’rganmoqda
Dastlabki manzil Chilonzor tumani “Bio tex-servis” BSK bo’ldi. Mazkur kompaniya tumandagi 124 ta ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatib keladi.
Ushbu hududda ish boshlaganiga ko’p bo’lmagan bo’lsa-da, bugungi kunga qadar Chilonzor tumani “Botirma” mahallasida 4 ta ko’p qavatli uy mukammal ta’mirdan chiqarilgan. Vazir o’rinbosari mazkur ishlar natijasi bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, aholi bilan suhbat olib borilib, mulkdorlar mas’uliyati ish sifatiga ijobiy ta’sir qilishi bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi:
- Necha yillardan buyon e’tibor berilmagan uylarda ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Mazkur ishlar avvalo, sizlarning qulay sharoitlarda yashashingiz uchun amalga oshirilyapti. Ammo unutmaslik lozimki, qars ikki qo’ldan chiqadi. Mulkdor sifatida o’z majburiyatingizni vaqtida amalga oshirsangiz, bu albatta xizmat sifatini oshiradi, - dedi O.Jo’rayeva.
O’rganish ishlari davom etmoqda.