Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida mamlakatimizda bo’lib turgan Ihsan bin Anvar rahbarligidagi Malayziya delegatsiyasi bilan uchrashdi
Bugun vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida mamlakatimizda bo’lib turgan Ihsan bin Anvar rahbarligidagi Malayziya delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Unda dastlab O‘zbekistonda qurilish sohasini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha ma’lumot berildi. Xususan, vazirlik tomonidan loyihalash, ekspertiza va sifat nazorati jarayonlarida zamonaviy raqamli texnologiyalar joriy etilayotgani sohada shaffoflikni oshirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
- Biz “aqlli shahar”, energiya tejash va barqaror qurilish sohalaridagi tajriba va texnologiyalar yo‘nalishlarida katta islohotlarni boshlaganmiz. Mazkur jabhada sizlar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz,- dedi O.Jo’rayeva.
Shuningdek, tadbir doirasida Malayziyaning “AWC Berhad” kompaniyasi faoliyati haqida ma’lumot berildi. Jumladan, modulli binolar qurilishi, uning xavfsizlik va energosamaradorlikni ta’minlashdagi o‘rni hamda chiqindilarni boshqarish, shuningdek, qayta ishlash yo‘nalishidagi zamonaviy yechimlar xususida taqdimot o‘tkazildi.
Muzokaralar so‘ngida kelgusi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.