UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva va boshqa mutasaddilar Xorazm viloyatida bo’lib, hududdagi uy-joylarga xizmat ko’rsatish sohasini o’rganmoqda

Ta’kidlaganimizdek, vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva va boshqa mutasaddilar Xorazm viloyatida bo’lib, hududdagi uy-joylarga xizmat ko’rsatish sohasini o’rganmoqda.

Navbatdagi manzil “Xorazm shinam uylari” boshqaruv organi bo’ldi. Kompaniya 2024-yil tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda Urganch shahridagi 200 dan ortiq ko’p qavatli uyga xizmat ko’rsatib keladi. 

Zamonaviy binosi, bir qator qo’shimcha servis xizmatlari va zaruriy moddiy texnika bazasi bilan kompaniya aholiga talab darajasida xizmat ko’rsatib kelmoqda. Bir necha yillar e’tiborsiz qolgan obyektlar obodligi ta’minlangani, mulkdorlar so’rovlari o’z vaqtida bajarilayotgani sohadagi ayni o’zgarishlarni ko’rsatmoqda. 

-Bugun mamlakatimizning barcha hududlari, xususan, Xorazm viloyatida kóp kvartirali uylarga xizmat kórsatish sohasini takomillashtirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholining eng zarur ehtiyojlari bilan bog’liq tizimdagi bunday ishlar eng avvalo turmush tarzimizni yaxshilash uchun xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatli, - deya ta’kidladi O.Jo’rayeva.

Jarayonda obodonlashtirish ishlariga yanada e’tiborni kuchaytirish lozimligi qayd etildi.